AMINA™ savdo belgisi o’z faoliyatini 1995 yildan beri yurgazib kelmoqda. Bugungi kunda kompaniyamiz katta yutuqlarga erishdi: AMINA™ - bu erkaklar ichki kiyim to'plamlarini taqdim etuvchi taniqli savdo belgidir. Kompaniyamizning o'ziga xos jihati shundaki, biz trikotaj matolarni ishlab chiqarib uni tayyor mahsulot ko’rinishigacha etkazib, so’ng ularni savdosini amalga oshirish bilan yakunlangan faoliyatni amalga oshiramiz. Erkaklar Ichki kiyimlari assortimentimizda siz doimo zamonaviy insonga kerak bo'lgan hamma narsalarni topasiz: maykalar, yengsiz futbolkalar, ichki kiyim to’plamlari va boshqalar. Ular estetik ko’rinishga ega, qulay va tabiiy paxtadan tayyorlangan.

      Kompaniyaning jahon ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy asbob-uskunalar, jumladan, Taifan to'quv dastgohlari, Juki, Brother, Siruba tikuv va Malkan dazmollash dastgohlari bilan jihozlanganligi iste'molchilarga har oy 30 tonnagacha mato va 150-250 mingta trikotaj mahsulotlarini taqdim etish imkonini beradi.AMINA™ markasi mahsulotlarning yuqori sifati va estetik ko'rinishi tufayli keng tan olingan. AMINA™ erkaklar ichki kiyimlari tanaga mukammal mos keladi va ishlab chiqarishda yuqori sifatli tabiiy xomashyodan foydalanganligi sababli gigiyena talablariga javob beradi. Barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar mamlakatimizning unumdor erlarida etishtirilgan tabiiy xomashyo - paxta tolasidan tayyorlanadi.

      Kompaniyamiz ishlab chiqarishni ilg'or texnologiyalar bilan muntazam ravishda jihozlab borishni doimo qo'llab-quvvatlaydi va amalga oshiradi. Кompaniya moda sanoatining so'nggi tendentsiyalariga amal qilishni davom ettirish bilan birga perspektiv rivojlanishni muntazam ravishda olib boradi. "ARK LIBOS" va "FEEL FREE" kabi taqdim etilgan yangi brendlarimiz ichki va tashqi bozorlarda o’zining doimiy haridorlariga ega bo’lib bormoqda.